Live
2
O'zbek

«MYU» va «Arsenal» Evanilsonga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Futbol
8 sentabr, 11:45
Evanilsonning «olchalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
«MYU» va «Arsenal» Evanilsonga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Bornmut» hujumchisi Evanilson faoliyatini top jamoalardan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» va «Manchester Yunayted» jamoalari braziliyalik 26 yoshli forvardga jiddiy qiziqmoqda.

Kelishuv qishda amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Bornmut» o‘z forvardini 60-65 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Evanilsonning «olchalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bugungi yangiliklar