Superliganing 21-turidan o‘rin olgan «Xorazm» va «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilgani yo‘q.
O‘yindan keyin jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev quyidagilarni aytdi:
- Birinchi muammo bu sun’iy qoplamali maydon bilan bog‘liq edi. Tabiiy maydondan sun’iy maydonga o‘tib o‘ynash oson emas. Shu holat bo‘yicha biroz xavotirda edik. Ammo o‘zimiz uchun qo‘rqmasdan, o‘yinga aniq reja bilan chiqdik. Birinchi taymda tashabbus mezbonlar tarafida bo‘ldi. Shunga yarasha, ular to‘pni nazorat qilishdi va xavfli hujumlar sodir etdilar.
Albatta, biz ham vaziyatlarni yaratishga harakat qildik. Lekin barchasi ham ko‘ngildagidek bo‘lgani yo‘q.
Ikkinchi bo‘limga kelib o‘yinimiz ancha kuchaydi va hujumkor o‘ynay boshladik. O‘yinimiz asta-sekin jonlandi, tobora yaxshiroq ko‘rinish oldi. Buning uchun kerakli o‘zgarishlarni ham amalga oshirdik. O‘ylashimcha, bellashuv durangga mos bo‘ldi.
Ikkala jamoa g‘alaba uchun harakat qildi, yakunda esa bir ochkodan. Umumiy qilib oladigan bo‘lsak, jamoalar durangga loyiq harakat qilishdi. Albatta, futbolchilarimga borlarini berib to‘p tepishgani uchun minnatdorchilik bildiraman va «Xorazm» jamoasiga omad tilayman», - deya Baqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ulug‘bek Baqoyev: «O‘yin durangga mos bo‘ldi»
Eksklyuziv
10 sentabr, 17:24
«So‘g‘diyona» ustozi «Xorazm»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Сўғдиёна ПФК