Madridning «Real» klubi Germaniya milliy jamoasi va «Shtutgart» markaziy himoyachisi Finn Yelchning o‘yinlarini kuzatmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Real» 20 yoshli futbolchini 33 yoshli Antonio Ryudigerning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ryudigerning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Bundan tashqari, «Real» Eder Militaoning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan xavotirda. Braziliyalik himoyachi avval ikki marta xochsimon bog‘lamidan jarohat olgan.
Yelch sentyabr oyidagi Millatlar ligasi bahslari uchun Germaniya milliy jamoasiga chaqiruv oldi. Biroq xabar yozilgan vaqtda 20 yoshli futbolchi terma jamoa safida debyut qilmagan edi.
Ushbu mavsumda Yelch barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining «Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning taxminiy transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Yelch Germaniya milliy jamoasining markaziy himoya chizig‘idagi yangi nomzodlardan biri hisoblanadi.