«Barselona» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luis Figu «Oltin to‘p»ni qaysi futbolchiga bergan bo‘lardingiz?», degan tanlovda savollarga javob berdi.
— Lionel Messi yoki Usmon Dembele — kim «Oltin to‘p»ga yaqinroq?
— Messi.
— Harri Keyn yoki Erling Holand?
— Keyn.
— Rodri yoki Lamin Yamal?
— Lamin.
— Kilian Mbappe yoki Xvicha Kvaratsxeliya?
— Mbappe.
— Demak, yarim finallar. Messi Keynga qarshi.
— Messi.
— Yamal yoki Mbappe?
— Juda qiyin tanlov, ikkalasi ham bunga munosib. Balki Laminni tanlardim.
— Demak, bir tomonda — Messi, ikkinchi tomonda — Lamin. Oxir-oqibat kim favorit?
— Keling, Laminni tanlay qolaylik, chunki Messida bu sovrin juda ko‘p, — dedi Portugaliya milliy jamoasining sobiq sardori.
Messi, Yamal, Mbappe yoki Keyn? Figu «Oltin to‘p»ni kim yutishi kerakligi borasida tanlov qildi
Futbol
26 sentabr, 05:00
2
«Barselona» va «Real»ning sobiq futbolchisidan bir qancha futbolchilar o‘rtasida tanlov qilishni so‘rashdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi