«Inter Mayami» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yil yakunlanganidan so‘ng professional futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda Footyheadlines xabar berdi.
39 yoshli argentinalik futbolchi yil oxirida butsalarini mixga ilish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, manba hozircha Messining bunday qaror qabul qilgani haqida 100 foizlik tasdiqlangan ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan.
Ayni paytda bu futbolchi ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri sifatida qayd etilmoqda. Shu sabab uning klub miqyosidagi kelajagi borasida yakuniy qaror hali e’lon qilinmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi bugun, 28-sentabr kuni MLS doirasida «Kolambus Kryu»ga qarshi uchrashuv (1:2)da jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, argentinalik yulduz milliy jamoadagi faoliyatini ham yakunlash arafasida. Messi 6-oktabrdan 7-oktabrga o‘tar kechasi Argentina milliy jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. «Kumushrang o‘lka vakillari»ning ushbu bahsdagi raqibi Benin milliy jamoasi bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi