Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni «kumushrang o‘lka vakillari» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
48 yoshli mutaxassis bilan tuziladigan yangi kelishuv 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar amal qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma esa 2026-yil dekabr oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Ma’lumot o‘rnida, Skaloni Argentina milliy jamoasini 2018-yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2022-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, argentinaliklar mutaxassis rahbarligida ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.
Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan 2026-yilgi jahon chempionatida esa Argentina finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda Skaloni shogirdlari Ispaniya milliy jamoasiga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi