«Nyukasl»ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Hauning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Telegraph Sport xabar berishicha, «qarg‘alar»ni tark etganidan so‘ng Hau murabbiylik faoliyatiga qaytishga shoshilmayapti. Ayni paytda unga bozorda talab yuqori bo‘lishiga qaramay, mutaxassis har qanday taklifga rozi bo‘lish niyatida emas.
Taxminlarga ko‘ra, uning nomi APL mavsumi davomida turli klublar bilan bog‘lanishi mumkin. Biroq u o‘zini qiziqtirmaydigan taklif uchun shoshilmasligi aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Eddi uzoq muddat dam olishni rejalashtirmoqda. Jumladan, mutaxassis Maykl Kerrik o‘rniga «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylanishi yoki Angliya milliy jamoasini boshqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval Hau Angliya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha taklifni rad etgan edi.