«Kristal Pelas» markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu ma’lumotni TEAMtalk nashri e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» Sheshko uchun raqobatni kuchaytirish maqsadida yangi hujumchi sotib olishga intilmoqda. Mateta klub sport direktori Jeyson Uilkoks e’tiborida, biroq «Manchester Yunayted»ning hujumchini sotib olish uchun byudjeti cheklanganligi ta’kidlanmoqda. Asosiy maqsad — yarimhimoyani kuchaytirish.
Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» va Mateta vakillari o‘rtasida dastlabki aloqalar allaqachon o‘rnatib ulgurilgan.
Yangi mavsumda 29 yoshli fransuz faqat Premer-liganing birinchi turidagina maydonga tushdi, shundan so‘ng jarohat oldi.
Transfermarkt portali tajribali hujumchining aktual transfer narxini 30 million yevroga baholamoqda.