Birinchi liganing bu mavsumdagi 5 ta ishtirokchisi kelasi yildan Proliga a’zoligiga qabul qilinishi mumkin.
PFL tashkiloti Proliga jamoalari sonini oshirish va ularning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida «Guliston», «Sherdor», «Oqtepa», «Do‘stlik» va «Ahmedov» jamoalariga taklif yuborgan. Bu klublar liga tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajarishsa, liga a’zoligiga qabul qilinadi.
Shuningdek, Proligadan ayrim jamoalar kelasi yildan quyi divizionga tushirilishi ham kutilmoqda. Bunga jamoalardagi moliyaviy ahvol va liga talablari o‘z vaqtida bajarilmasligi sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Birinchi ligada uchta mintaqada jami 29 ta jamoa qatnashmoqda.