«PSJ» markaziy himoyachisi Ilya Zabarnıy «Liverpul»ning transferlar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Bu haqda jurnalist Devid Linch xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar ukrainalik 23 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda va uning transferining imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, «qizillar» sport direktori Richard Xyuz hamda bosh murabbiy Andoni Iraola Zabarnıyni «Bornmut»dagi hamkorlik davridan yaxshi taniydi. Shu bois klub uning imkoniyatlaridan yaxshi xabardor. «PSJ» ham Ilya bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishini ma'lum qilgan.
Transfermarkt portali Zabarnıyning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.