«RB Leypsig» va Kot-d’Ivuar milliy jamoasi vingeri Yan Diomande faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga «Arsenal» jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi Diomandening transferi bo‘yicha dastlabki so‘rovni yuborgan.
Avvalroq OAVda iqtidorli vingerga «PSJ» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Transfermarkt portali Diomandening transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Uning «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Qayd etish joiz, 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 36 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.