Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor "Arsenal"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
"To'pchilar" rahbariyati 27 yoshli skandinaviyalik futbolchining transferi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Jamoa Edegorning ehtimoliy transferidan taxminan 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Martin 2021 yil yozidan buyon "Arsenal" safida to'p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq Edegor "Arsenal"dagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi.