Oxirgi vaqtlarda Martin Edegorning Londonning «Arsenal» klubidan ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ko‘p uchramoqda.
27 yoshli futbolchi ko‘p jarohat olmoqda va ushbu mavsum asosiy tarkibda juda kam o‘yin o‘tkazdi. OAVda norvegiyalik klubdan ketishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Biroq TEAMtalk xabariga ko‘ra, vaziyat butkul boshqacha: xavbek hali ham «Arsenal»ning muhim figurasi ekanligini isbotlamoqchi. Jamoa sardori yangi bitim imzolashdan xursand bo‘ladi.
Martin Edegorning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.