Live
2
O'zbek

«Chelsi» yangi yarimhimoyachi izlamoqda, Enso Fernandesning hozircha kelajagi noaniq

Futbol
22 iyul, 13:47
London klubi transfer bozoridagi boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
«Chelsi» yangi yarimhimoyachi izlamoqda, Enso Fernandesning hozircha kelajagi noaniq
Foto: Getty Images

«Chelsi» yozgi transfer oynasida tarkibni yangi yarimhimoyachi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, London klubining «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott uchun taklif qilgan 64 million funt sterlinglik taklifi rad etilgach, «ko‘klar» transfer bozoridagi boshqa nomzodlarni o‘rganishni boshlagan.

Shu bilan birga, yangi yarimhimoyachi transferi Enso Fernandesning albatta jamoani tark etishini anglatmaydi. Manbaga ko‘ra, «Chelsi» argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq OAVda Enso Fernandesga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etish joiz, «Chelsi» 2025/26 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumini 10-o‘rinda yakunladi. Natijada London klubi 2026/27 yilgi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar