Live
2
O'zbek

Romano: Garnacho «Aston Villa»ga o‘tmoqda

Futbol
22 iyul, 13:15
Argentina vingeri Birminghem klubiga sotib olish majburiyati bilan ijara asosida yo‘l oladi.
Romano: Garnacho «Aston Villa»ga o‘tmoqda
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Alehandro Garnacho faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi.

Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasida futbolchini bir mavsumga ijara asosida transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bitimga ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda kuchga kiradigan majburiy sotib olish bandi ham kiritilgan.

Shuningdek, Garnachoning «Aston Villa»dagi tibbiy ko‘rigi sanasi ham belgilab qo‘yilgan.

Romano ta'kidlashicha, argentinalik vingerning transferida bosh murabbiy Unai Emeri muhim rol o‘ynagan. Ispaniyalik mutaxassis Garnachoni o‘z jamoasida ko‘rishni qat'iy istagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Morgan Rojers «Aston Villa»ni tark etib, «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tgandi. Garnacho aynan uning o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, «Aston Villa» 2026/27 yilgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Klub o‘tgan mavsum Yevropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar