Bugun
35
O'zbek

Rojers "Chelsi" va Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Futbol
22 iyul, 06:34
23 yoshli yarimhimoyachi klubda Ensoni, mamlakat bo'yicha Andersonni ortda qoldirdi.
Rojers "Chelsi" va Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi
Foto: Chelsea

Morgan Rojers "Chelsi" tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

23 yoshli yarimhimoyachi "Aston Villa"dan London klubiga koʻchib oʻtdi va 2033 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 117 million funt sterlingni (137 million yevro) tashkil qildi.

Ushbu transfer "koʻklar" tarixidagi eng qimmat kelishuv boʻldi. Rojersdan keyingi oʻrinlardan Enso Fernandes (121 million yevro), Moyses Kaysedo (116 million yevro), Romelu Lukaku (113 million yevro) va Kay Haverts (100 million yevro) joy olgan.

Bundan tashqari, Morgan Angliya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. U iyul oyi boshida "Manchester Siti" tomonidan 116 million funt evaziga sotib olingan Elliot Andersonning rekordini ortda qoldirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar