Bugun
35
O'zbek

«Tottenhem» Lankshirni «Midlsbro»ga sotdi

Futbol
22 iyul, 11:01
Hujumchi yangi mavsumni ham Chempionshipda o'tkazadi.
«Tottenhem» Lankshirni «Midlsbro»ga sotdi
Foto: Midlesbrough

Uilyam Lankshir «Tottenhem»dan «Midlsbro»ga o'tdi.

21 yoshli hujumchi Chempionship klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, transfer narxi 10 million funtni tashkil qilgan. «Tottenhem» esa bonuslar hisobiga yana 10 million funt olishi mumkin.

Lankshir o'tgan mavsumni ijara asosida «Oksford Yunayted» safida o'tkazib, Chempionshipda 44 o'yinda 11ta gol urgandi va yana 2 ta golga assistentlik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Midlsboro Midlsboro
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya chempionati Angliya chempionati
Bugungi yangiliklar