Live
1
O'zbek

Lempti Chempionship klubi safiga qo'shildi

Futbol
22 iyul, 09:58
"Chelsi" tarbiyalanuvchisi Angliyaga qaytdi.
Lempti Chempionship klubi safiga qo'shildi
Foto: Queens Park Rangers

Tariq Lempti Angliyaga qaytdi.

25 yoshli o'ng qanot himoyachisi "Fiorentina"ni erkin agent sifatida tark etib, "Kuinz Park Reynjers" safiga qo'shildi.

Ganalik futbolchi o'tgan mavsumda A Seriyada atigi 2 ta bahsda maydonga tushgandi.

Himoyachi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U hozirgacha faoliyatining asosiy qismini "Brayton"da o'tkazgan.

Ma'lumot uchun, Lempti yangi jamoasi KPR o'tgan mavsumda Chempionshipda 46 o'yinda 58 ochko to'plab, 15-o'rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • KPR KPR
  • Angliya chempionati Angliya chempionati
Bugungi yangiliklar