Bugun
4
O'zbek

Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor

Futbol
28 aprel, 23:57
Futbolchi transfer amalga oshishi uchun muhim qadam tashlamoqchi.
Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
Foto: goal.com

«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford «Barselona»ga o‘tish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini 30 million yevroga sotib olishni rejalamayapti. Shu sabab tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish qiyinlashmoqda.

Qayd etilishicha, Reshford transfer amalga oshishi uchun o‘z maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor. U shu orqali «Barselona» rahbariyatini doimiy transferga ko‘ndirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi hozirda haftasiga 350 ming yevrodan ortiq maosh oladi. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar