"Inter" himoyachisi Benjamin Pavar yozgi transfer oynasida Milan klubini tark etish niyatida emas. Bu haqida Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik 30 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirish bo‘yicha uchta taklifni ham rad etgan.
Qayd etilishicha, "Benfika", "Galatasaroy" hamda "Komo" klublari takliflarini qabul qilmagan.
Sababi, u "neradzurri" bosh murabbiyi Kristian Kivuni o‘zini jamoada olib qolishga ishontirishni maqsad qilgan.
Avvalroq "Inter" Pavar bo‘yicha 10–15 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.