Bugun
36
O'zbek

Superliga. «Paxtakor» «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
4 sentabr, 13:09
    45+
«Sherlar» bu g‘alabadan so‘ng peshqadam «Neftchi» bilan oradagi farqni ikkitaga qisqartirdi.
Superliga. «Paxtakor» «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Андижон ПФК

Superliga 20-turida «Paxtakor» Toshkentda «Andijon»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda «sherlar» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Zaid Tahsin, Sardor Sobirxo‘jayev va Muhammadrasul Abdumajidov hisobiga yozildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» ochkolari sonini 43 taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. «Andijon» esa 27 ochko bilan 8-pog‘onada.

Superliga. 20-tur
Paxtakor – Andijon 3:0
Gollar:
Zaid Tahsin, 21 (1:0), Sardor Sobirxo‘jayev, 29 (2:0), Muhammadrasul Abdumajidov, 69 (3:0)
Paxtakor: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Xojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (34.Sherzod Nasrullayev, 86’), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 29.Ayman Hussayn, 50.Flamarion (9.Ibrohim Ibragimov, 69’), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Andijon: 19.Artyom Potapov, 8.Shohmalik Komilov (11.Humoyunmirzo Iminov, 46’), 9.Imeda Ashortia (7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 46’), 14.Abdurahmon Komilov (1.Eldor Adhamov, 63’), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Usmonali Ismonaliyev, 26.Muhammadkarim Toirov, 33.Doniyor Abdumannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 70’), 99.Rustam Turdimurodov (27.Martin Boakьye, 64’).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar