Bugun
58
O'zbek

Benzema barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytdi

Futbol
8 sentabr, 00:40
    15+
Karim o‘zini eng yaxshi hujumchilardan biri deb hisoblashini tan oldi, ammo 1-o‘ringa qo‘ymadi.
Benzema barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytdi
Foto: Getty Images

Fransiyalik futbolchi Karim Benzema barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi maqomi uchun bahsda kimni o‘zidan yuqori baholashini aytdi.

«Real» va Fransiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi o‘zini eng yaxshi hujumchilardan biri deb hisoblashini tan oldi, ammo 1-o‘ringa qo‘ymadi.

— Sen barcha davrlarning eng yaxshi uch hujumchisi qatoriga kirasanmi?

— Ha.

— O‘zingni eng yaxshisi deb hisoblaysanmi? Agar yo‘q bo‘lsa, kim sendan yaxshiroq?

— Yo‘q. Eng yaxshisi — R9, ya’ni braziliyalik Ronaldo, — dedi 38 yoshli futbolchi.

Avvalroq Karim Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini tark etib, erkin agentga aylangandi. Undan avval «Al-Ittihod» sharafini himoya qilgan Benzema Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishidan oldin 14 yil davomida «Real» safida o‘ynagan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar