Live
3
O'zbek

Mourinio: «Bu juda qiyin»

Futbol
20 oktabr, 08:20
«Qaymoqranglilar» ustozi bir vaqtning o‘zida Kilian Mbappe va Karlos Espi xizmatidan foydalanish haqida gapirdi.
Mourinio: «Bu juda qiyin»
Foto: Gettyimages

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Karlos Espi oldinda birgalikda o‘ynay oladimi, degan savolga javob berdi.

«Bu juda qiyin. Ular birgalikda 4-4-2 sxemasida o‘ynashlari mumkin edi, ammo bizda qanday vingerlar borligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu 4-2-4 sxemasiga aylanib ketadi. Bundan tashqari, futbolchilar harakatlari uyg‘unligi masalasi ham bor — buni «Roma»ga qarshi o‘yinda ko‘rishimiz mumkin edi», - dedi Mourinio matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «Real» bu hafta ikkita-o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan — Chempionlar ligasi doirasida o‘z uyida «Leypsig»ga qarshi (21 oktyab) va Ispaniya chempionati navbatdagi turida mehmonda «Barselona»ga qarshi-(25-oktyabr).

Eslatib o‘tamiz, «Real» hozirda La Liga jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi yangiliklar