Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Gavi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bugun «Kamp Nou»da navbatdagi «el klasiko» guvohi bo‘lamiz. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.
«Mbappe – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Faqatgina ko‘zi ojiz inson buni ko‘rmasligi mumkin. U juda xavfli, noyob o‘yinchilardan biri», – dedi Gavi DAZNga bergan intervyusida.
Fransiyalik forvard 9 ta gol bilan La Liga yangi mavsumida to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ro‘yxatda «Barselona» vakili Rafinya (12 ta to‘p) yetakchilik.
«Ko‘k-anorranglilar» La Liga musobaqa jadvalida 27 ochko bilan yetakchi bo‘lsa, «qaymoqranglilar» – hisobida 21 ochko bilan uchinchi o‘rin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi