«Liverpul» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Diogu Jota 28 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Marca.
Futbolchi Ispaniyaning Zamora provinsiyasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgan.
Jota o‘zining 26 yoshli ukasi Andre bilan ketayotganida mashina boshqaruvini yo‘qotib, avtomobil yonib ketgan.
Jota — ikki karra Angliya chempioni (2020/21 va 2024/25 yilgi mavsumlar), Angliya Kubogi sohibi (2021/22), Angliya Superkubogi g‘olibi (2022), Chempionlar ligasi g‘olibi (2018/19). Shuningdek, u UEFA Superkubogi (2019) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida (2019), Portugaliya bilan Millatlar Ligasi (2025)da ham g‘olib bo‘lgan.
5 kun oldin Dioguning to‘yi bo‘lgan edi.

