Ispaniya milliy jamoasi va «Manchester Siti» klubining sobiq yarim himoyachisi David Silva professional faoliyatini tiklaganidan keyingi dastlabki uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
40 yoshli futbolchi Gonkong chempionatida «Shatin» safida «Gonkong Reynjers»ga qarshi maydonga tushdi. 1:1 hisobida yakunlangan bahsda Silva penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi bir oy avval «Shatin» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolab, katta futbolga qaytishga qaror qilgandi. Tajribali yarim himoyachi futbolga qaytishini gol bilan boshladi.
Silva faoliyati davomida «Valensiya», «Manchester Siti» va «Real Sosyedad» kabi klublarda to‘p tepgan. Shuningdek, u Ispaniya milliy jamoasi sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, David 2023 yilning yozida «Real Sosyedad» safida olgan jiddiy tizza jarohatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi