«Manchester Siti» APLning navbatdagi turida «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu Enso Mareska shogirdlarining chempionatdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa bundan avval «Aston Villa»ga 1:2, «Brayton»ga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» Angliya oliy divizioni tarixida mavsumni ketma-ket 7 ta g‘alaba bilan boshlab, keyingi 3 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan ikkinchi jamoaga aylandi.
Bunday holat ilk bor 1904/1905 yilgi mavsumda kuzatilgan. O‘shanda «Sheffild Uensdey» xuddi shunday natija qayd etgan. Shu tariqa, manchesterliklar 121 yil avvalgi antirekordni takrorladi.
Ayni paytda «Manchester Siti» 10 ta turdan so‘ng 21 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Arsenal» hisobida esa 27 ochko mavjud.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi