Live
3
O'zbek

«MYU» qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadini belgiladi

Futbol
23 noyabr, 23:10
Transfermarkt portali Kollinzning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.
«MYU» qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadini belgiladi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.

Jurnalist Kris Uilerning xabar berishicha, mankunianliklar uchun bu boradagi ustuvor nomzod «Brentford» himoyachisi Neytan Kollinz hisoblanadi.

Irlandiyalik 25 yoshli futbolchi «qizil iblislar»ning transfer ro‘yxatida Kelvin Bessi («Fulhem») va Jerred Brentueyt («Everton»)dan yuqori o‘rinda turibdi.

Transfermarkt portali Kollinzning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Bu mavsumda «Brentford» sardori barcha turnirlar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar