O‘zbekiston Kubogi yarimfinalidagi OKMK va «Navbahor» (0:1) bellashuvidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
– Avvalo, assalomu alaykum. Qiziqarli o‘yinning guvohi bo‘ldik. Finalda ishtirok etishni juda ham xohlagan edik. Lekin kimdir mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun «Navbahor» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Maqsadimizga erisha olmadik.
«Navbahor» yaxshi jamoa. To‘g‘risini aytsam, ularga bunday yordamning o‘zi ham kerak emas. Bu yerga osonlik bilan yetib kelmagandik. Futbol muxlislar uchun. Tushunarli, «Navbahor»ni muxlislari ko‘p. Lekin asabiy o‘yin bo‘ldi.
– Hakam bilan ham ko‘p gaplashdingiz, unga bir necha bor e’tiroz bildirdingiz. Agar o‘sha hakam bilan boshqa joyda, masalan, choyxonada uchrashib qolsangiz, suhbatingiz ham shunchalik uzoq davom etadimi?
– Birinchidan, choyxonaga bormayman. Qiladigan ishim yo‘qmi? Omad tilayman, bo‘ldi. Yana nima deyishim mumkin?
– Bugungi uchrashuv haqiqatan ham asabiy o‘tdi. Hakamning ayrim qarorlari, mayda epizodlardagi harakatlari ham e’tirozlarga sabab bo‘ldi...
- Kimgadir mayda, kimgadir yirik. Futbolda mayda narsa bo‘lmaydi. Hakam qachon yaxshi hakam hisoblanadi? O‘yinni buzmaganida, ko‘zga tashlanmaganida. Futbol ikkita darvozaga o‘ynaladi, bitta darvozaga emas. Qo‘yib berish kerak edi yoki bunday o‘yinlarga yanada saviyaliroq hakamni tayinlash kerak edi.
Savol tug‘iladi-da, qilayotgan ishlarimizning hammasi nima uchun? Oxir-oqibat milliy jamoa uchunmi? Kechirasiz, u yerda bunaqa narsa bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz ham xohlashgandi. Gapirsam, tirnoq tagidan kir qidirayotgandek bo‘lishi mumkin. Lekin biz ham kosmosdan tushmaganmiz. Muxlislar uchunmi, muxlislar ham maza qilib ketishsin.
«Navbahor»ni tabriklaymiz, o‘yinchilari kuchli, muxlislari ham, gap bo‘lishi mumkin emas. Men ham maza qilib ko‘rgim keladi. Hozir yana nima deyishim kerak? Bo‘ldi, o‘tgan ishga salovat, hayot to‘xtab qolmaydi», - deya Mirjalol Qo‘shoqovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Mirjalol Qosimov: «Navbahor»ga bunday yordamning o‘zi kerak emasdi»
Eksklyuziv
25 noyabr, 00:58
Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Фото: ОКМК
24.11.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
ОКМК
0
:
1
Navbahor Namangan