«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin klub darvozaboni Senni Lammensni jamoaning hozirgi muammolaridan biri sifatida ko‘rsatdi.
«Gap «Manchester Yunayted» haqida borar ekan, darvozabon jamoaga qimmatga tushyapti, shunday emasmi? O‘tgan yili u juda yaxshi o‘ynagan edi», — dedi Kin The Overlap podkasti efirida.
Eslatib o‘tamiz, Lammens 2025-yilning yozida «Antverpen»dan «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgan. U 2026/2027-yilgi mavsum boshidan asosiy darvozabonga aylandi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, «qizil iblislar» barcha musobaqalardagi so‘nggi 12 ta uchrashuvda atigi ikki marta g‘alaba qozondi. Bu g‘alabalar «Sabah» va «Ipsvich»ga qarshi bahslarda qayd etilgan.
Avvalroq Kin Kerrikni «Bornmut» bilan bahsdan keyin iste’foga chiqarishlarini kutgani haqida gapirib o‘tgandi.