«Bavariya» sport direktori Maks Eberl hujumchi Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi.
«Shartnoma bo‘yicha muzokaralar juda yaxshi ruhda o‘tmoqda. Futbolchi qolishni juda xohlayapti, klub esa shartnomani uzaytirishni istamoqda. Albatta, aniqlashtirish kerak bo‘lgan ayrim tafsilotlar hali bor», — dedi Eberl.
Yangi shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallanishi kutilmoqda. 33 yoshli hujumchining «Bavariya» bilan amaldagi kelishuvi 2027 yil yozida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, Keyn nemis klubi safida uch mavsumda 146 ta gol urib, 33 ta golli uzatmani amalga oshirgan.