Bugun
31
O'zbek

Dzyudo. Lozannada “Katta dubulgʻa” turniri boshlanmoqda (Oʻzbekistonning tarkibi)

Boshqa sportlar
28 avgust, 02:17
Oʻzbekistonlik 21 sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Dzyudo. Lozannada “Katta dubulgʻa” turniri boshlanmoqda (Oʻzbekistonning tarkibi)
Foto: IJF

Bugun, 28 avgust kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri start oladi.

Dunyoning 77 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadigan ushbu musobaqada Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari ham qatnashadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining maʼlumotiga koʻra, turnirda oʻzbekistonlik 21 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar:

-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Toʻlqinbek Turdiyev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev


Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-52 kg: Soʻdiyona Rafkatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Koʻchimova
+78 kg: Umida Nigʻmatova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva


Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida -60 kg, -66 kg, ayollar oʻrtasida esa -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Bugungi yangiliklar