Bugun
26
O'zbek

Karas: «Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi»

Futbol
14 sentabr, 16:59
«Paxtakor» ustozi Emilian Karas matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Karas: «Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi»
Фото: Пахтакор ПФК

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Al Ahli» - «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng «sherlar» murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. «Al Ahli» juda kuchli va tajribali jamoa. Havo harorati va yuqori namlik ham qiyinchilik tug‘dirdi. Shu sababli taanffusdayoq o‘zgarishlar boshlandi. Gol urganimizdan keyin ikkita qarshi hujum uyushtirdik, ammo foydalana olmadik. Bellashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Mezbonlar ham golga arzirli o‘ynashdi, lekin golli imkoniyatlarimiz bo‘lgandi.

«Al Ahli»da o‘zgarishlar bo‘lganini bilamiz. Lekin bellashuvga hozirlik ko‘rishda o‘z futbolimiz haqida bosh qotirdik. Mezbonlar murabbiyini «Shaxtyor»dagi faoliyatidan bilaman. Unga yangi jamoasida barchasini o‘zgartirish uchun vaqt kerak», - deya Karasning so‘zlaridan keltiradi «Paxtakor» matbuot xizmati.

Bugungi yangiliklar