Live
6
O'zbek

Elit OCHL. «Traktor» BAAda mag‘lub bo‘ldi, «Al Ittihod» durang bilan turnirni boshladi

Futbol
14 sentabr, 14:56
    1
Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga chiqib, 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Elit OCHL. «Traktor» BAAda mag‘lub bo‘ldi, «Al Ittihod» durang bilan turnirni boshladi
Фото: Getty Images

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Traktor» safarda «Shabab Al Ahli»ga qarshi bellashdi. Unda BAA klubi minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Yuri Sezar hisobiga yozildi.

Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga chiqib, 88-daqiqada zaxiraga olindi. Shuningdek, 49-daqiqada sariq kartochka oldi.

«Al Ittihod» klubi Qatarda «Shamal» bilan murosa ko‘chasini tanladi. Veynaldum 90+4-daqiqada gol urib, Jidda klubini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Elit OCHL. 1-tur
Shabab Al Ahli – Traktor 1:0
Gol:
Yuri Sezar 23.

Shamal – Al Ittihod 1:1
Gollar:
Bounej 63 – Veynaldum 90+4.
Al Ittihod – Raykovich, Al Shanqiti (Al Sahafi, 82), Pereyra, Kadesh, Abdi (Ali, 82), Lopi, Rios, Al Gʻamdi (Veynaldum, 64), Aouar, Bergvayn, On Nosiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar