Live
3
O'zbek

Zoran Marushich: «Birinchi bo‘lim osonroq bo‘lishini kutgandik»

Eksklyuziv
14 sentabr, 15:44
Marushich esa o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Zoran Marushich: «Birinchi bo‘lim osonroq bo‘lishini kutgandik»
Фото: Нефтчи ПФК
14.09.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 1 : 0 Al Quwa Al Jawiya Al Quwa Al Jawiya

Yana Osiyo Chempionlar ligasiga qaytgan «Neftchi» jamoasi ushbu Elit turniridagi dastlabki uchrashuvini Iroqning «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Qiyin kechgan uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Zoran Marushich 82-daqiqada boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasi uchun juda muhim golni urdi va natijada «Neftchi» OCHL Elitni g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv qahramoniga aylangan Zoran Marushich esa o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu raqibni juda yaxshi o‘rganib chiqqandik. Bosh murabbiyimiz aytib o‘tganidek, bu turnirda oson o‘yinni o‘zi yo‘q. Musobaqadagi barcha jamoalar jiddiy raqiblar hisoblanishadi.

Albatta, o‘yin davomida imkoniyatlardan foydalanmasangiz, hatto mag‘lubiyatga uchrash ham hech gap emas. Shuning uchun yaratilgan imkoniyatlardan maksimal foydalanish talab etiladi. Birinchi bo‘limni osonroq bo‘lishini kutgandik. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi.

Osiyo Chempionlar ligasi ajoyib darajadagi musobaqa va ajoyib klublar yig‘ilishgan. Biz o‘yin davomida ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ammo, Xudoga shukr, uchrashuv yakuniga ko‘ra muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik.

- Zoran, sizga ko‘proq asosiy tarkibda o‘ynash ma’qul keladimi yoki zaxiradan maydonga tushib gol urish ko‘proq yoqadimi?

- Hozirgi kunda bizda juda yaxshi tarkib yig‘ilgan. Albatta, har bir hujumchi kabi asosiy tarkibda o‘ynashni xohlayman. Lekin birinchi navbatda bosh murabbiy qaror qabul qiladi. Barchamiz murabbiy bilan gaplashgan holda hamma hujumchilar gol urish muhimligini tushunib turishibdi. Kimga qancha vaqt berilsa, shundan foydalanishga harakat qilamiz.

Oldinda yana ko‘plab o‘yinlar bor. Barchamiz bu narsani to‘g‘ri qabul qilamiz. Shuni aytishim mumkinki, asosiy tarkibda boshlaymanmi yoki zaxiradan tushamanmi, farqi yo‘q. Muhimi, qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman», - deya Marushichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Al Quwa Al Jawiya Al Quwa Al Jawiya
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar