“Barselona” ushbu mavsumdagi oʻyinlarning 80 foizida kamida 4 tadan gol urdi.
13 sentyabr kuni Xansi Flik jamoasi La Liganing 5-turida “Levante”ni 4:2 hisobida magʻlub etdi.
Avvalroq “Barsa” “Feyenoord” (5:1), “Valensiya” (5:0), “Rayo Valekano” (5:2) va “Elche” (5:0) bilan oʻyinlarda 5 tadan gol urgandi. Buncha miqdorda toʻp oʻtkazib yubormaslik faqat “Atletik”ka nasib qildi — bilbaoliklar 0:2 hisobida yutqazgan.
Kataloniya klubi 16 sentyabr kuni “Rasing” bilan toʻqnash keladi.
“Barsa” bu mavsumdagi 6 ta oʻyinining 5 tasida 4+ gol urdi
Futbol
14 sentabr, 05:05
Kataloniya klubining starti sermahsul boʻldi.
Foto: FC Barcelona