Live
1
O'zbek

Joan Garsiyaga Yevropaning yetakchi klublaridan qiziqish bo‘lmoqda

Futbol
14 sentabr, 05:15
Ispaniyalik darvozabonga transfer bozorida talab yuqori.
Joan Garsiyaga Yevropaning yetakchi klublaridan qiziqish bo‘lmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona»ning ispaniyalik darvozaboni Joan Garsiyaga transfer bozorida talab yuqori. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropaning yetakchi klublari futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Hozircha Garsiyaga qiziqish bildirayotgan klublar nomi oshkor etilmagan.

25 yoshli darvozabon o‘tgan yilning yozidan buyon «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Garsiyaning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

Ushbu La Liga mavsumida Garsiya 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u 3 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Avvalroq Joan The Athletic talqiniga ko‘ra La Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar