Live
5
O'zbek

Joan Garsiya — La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi (The Athletic)

Futbol
23 may, 03:05
Ispaniyalik posbon La Ligadagi 30 ta bahsda 21 gol o'tkazib yubordi va 15 marta toza o'yin o'tkazdi.
Joan Garsiya — La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi (The Athletic)
Foto: Getty Images

The Athletic nashri La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Bu nominatsiyada g'oliblik «Barselona» darvozaboni Joan Garsiyaga nasib etdi, u jamoasiga chempionatni ishonchli tarzda yutishida yordam berdi.

25 yoshli posbon uchun bu «ko'k-anorranglilar» safidagi ilk mavsum hisoblanadi. Joan o'tgan yozda «Espanyol»dan «Barselona»ga 25 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Ispaniyalik futbolchi Hans-Diter Flik jamoasi safida La Ligadagi 30 ta bahsda ishtirok etib, 21 gol o'tkazib yubordi va 15 marta toza o'yin o'tkazdi.

Avvalroq Keyn The Athletic talqiniga ko'ra Evropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar