The Athletic ushbu mavsum Yevropadagi eng yaxshi futbolchilarni e'lon qildi.
«Yil futbolchisi» sovrini «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga nasib etdi. Eng yaxshi yosh futbolchi sifatida esa «Barselona» vingeri Lamin Yamal e'tirof etildi.
Mavsumning ramziy jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: David Rayya («Arsenal»);
Himoyachilar: Nunu Mendesh («PSJ»), Gabriel Magalyas («Arsenal»), Markinios («PSJ»), Ashraf Hakimi («PSJ»);
Yarimhimoyachilar: Joau Nevesh («PSJ»), Vitinya («PSJ»), Federiko Valverde («Real»);
Hujumchilar: Lamin Yamal («Barselona»), Harri Keyn («Bavariya»), Maykl Olise («Bavariya»).
Avvalroq Keyn Levandovskining rekordini yangilagani ma'lum qilingandi.