Bugun
1
O'zbek

Keyn Levandovskining rekordini yangiladi

Futbol
16 may, 18:10
«Bavariya» forvardi Bundesliqa futbolchilari orasida bir mavsumda barcha turnirlar doirasida eng ko'p gol urdi.
Keyn Levandovskining rekordini yangiladi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn 2025/26 yilgi mavsumni 58 ta gol bilan yakunladi.

Angliyalik futbolchi Bundesliqa doirasida 36 ta, Chempionlar Ligasida 14 ta, Germaniya kubogida 7 ta va mamlakat superkubogida yana 1 ta gol urdi.

32 yoshli hujumchi chempionatning so'nggi turidan o'rin olgan «Kyoln»ga (5:1) qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

Natijada Keyn Bundesliqa futbolchilari orasida barcha musobaqalar bo'yicha bir mavsumda eng ko'p gol urish rekordini yangiladi. Avvalgi rekord «Bavariya» sobiq forvardi Robert Levandovskiga tegishli bo'lib, u 2019/20 yilgi mavsumda barcha turnirlar doirasida 55 bor to'p kiritgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar