«Sanderlend» himoyachisi Tomas Mene «Manchester Siti»ga 95+5 million yevro evaziga o‘tgan 18 yoshli yarimhimoyachi Ayub Buaddi haqida fikr bildirdi. Mene ham avval «Lill» safida to‘p tepgan.
«Ayub — ajoyib futbolchi. Pul haqida gapirmagan ma’qul, chunki bunda endi hech qanday mantiq qolmagan. 200 million funtga eshak sotib olish mumkin, juda yaxshi futbolchini esa 20 millionga olish mumkin.
Bunda endi hech qanday ma’no yo‘q», — dedi Mene.