Bugun
39
O'zbek

Mareska: «Norvich»ga qarshi bahs oson bo‘lmaydi»

Futbol
17 sentabr, 11:37
Enso bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Mareska: «Norvich»ga qarshi bahs oson bo‘lmaydi»
Фото: Getty Images
17.09.2026 FT Angliya Liga kubogi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 0 Norvich Norvich

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Liga kubogining 3-raundidan o‘rin olgan «Norvich»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Shubhasiz, biz g‘olib chiqishga va turnirda g‘alaba uchun kurashishga harakat qilgan holda barcha o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Oxirida esa g‘alaba qozona olamizmi-yo‘qmi, buni ko‘ramiz. «Norvich»ga qarshi bahs oson bo‘lmaydi. Chunki bir o‘yinlik qarama-qarshiliklar qiyin kechadi. G‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

O‘ylashimcha, tarkibimizda ketma-ket bir nechta o‘yinda 90 daqiqadan to‘liq harakat qilgan olti yoki yetti nafar futbolchi bor. Hammaga bo‘lmasa ham ayrimlariga dam berishimiz kerak», — deya Mareskaning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» Angliya Liga kubogida g‘olib chiqqan edi. «Shaharliklar»ning «Norvich»ga qarshi bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Norvich Norvich
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar