«Tottenhem» qishki transfer oynasida yangi markaziy hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga koʻra, London klubi yangi forvard transferi uchun mablagʻ ajratish maqsadida yanvarda bir nechta futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Hozircha «Tottenhem» qaysi oʻyinchilarni sotishga rozi ekani aniq emas. Biroq jamoaning mavsum uchun qaydnomasiga kiritilmagan Richarlison klubni tark etishi mumkin boʻlgan asosiy nomzodlardan biri sifatida koʻrilmoqda. Shuningdek, boshqa pozitsiyalardan ham ketadiganlar bor.
Shu oʻrinda jamoa qaysi forvardni kuzatayotgani ham maʼlum emas.
Maʼlumot uchun, «taqachilar» Angliya Premer-ligasining dastlabki besh turidan keyin ochkolar boʻyicha turnir jadvalining soʻnggi pogʻonasida bormoqda.
Roberto De Zerbi shogirdlari keyingi turda «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.