Bugun
27
O'zbek

Maktominey «Napoli» mashg‘ulotlariga qaytdi

Futbol
24 sentabr, 10:15
Shotlandiyalik yarimhimoyachi yurak bilan bog‘liq tibbiy muolajadan so‘ng tiklanish jarayonini boshladi.
Maktominey «Napoli» mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Skott Maktominey yurak bilan bog‘liq muammolar sabab o‘tkazilgan tibbiy muolajadan keyin klub bazasiga qaytdi. Bu haqda Goal xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi hozircha umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. Maktominey klub bazasida individual dastur asosida shug‘ullangan va trenajyor zalida mashg‘ulot o‘tkazgan.

Shotlandiyalik futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab «Inter», «Bolonya» va «Fiorentina»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborgan edi. Endilikda uning tiklanish jarayoni bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Manbada qayd etilishicha, «Frozinone»ga qarshi 10-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bahs Maktomineyning maydonga qaytishi uchun ehtimoliy sana sifatida ko‘rilmoqda. Biroq uning ushbu bellashuvda ishtirok etishi tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Maktominey ushbu mavsum «Napoli» safida barcha turnirlarda 2 ta bahsda maydonga tushgan va samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli U20 Napoli U20
Bugungi yangiliklar