Live
1
O'zbek

Kivu Chalxono‘g‘lini «Inter»da qolishini istamoqda

Futbol
23 sentabr, 05:45
Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Kivu Chalxono‘g‘lini «Inter»da qolishini istamoqda
Фото: Getty Images

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa yarimhimoyachisi Hoqon Chalxono‘g‘li bo‘yicha bir qarorga kelgan.

Insayder Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, ruminiyalik mutaxassis Hoqonning jamoada qolishini istamoqda.

Qayd etilishicha, turkiyalik 32 yoshli futbolchining Milan klubidagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Chalxono‘g‘li hozirda «Inter» safida yiliga 6,5 million yevro maosh oladi. Klub rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, biroq yangi kelishuvda futbolchining maoshi kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Agar tomonlar kelisha olmasa, futbolchi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi ham mumkin.

Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiyi xavbekni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni yo‘qotishni istamayapti.

Bu mavsumda Hoqon Italiya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar