Live
14
O'zbek

Zidan: «Bir kun kelib Mbappe bilan Fransiya safida birga ishlashni xayolimga ham keltirmagandim»

Futbol
25 sentabr, 05:36
«Uchranglilar» ustozi madridliklar hujumchisining 2012-yilda ko‘rikka kelganini esladi.
Zidan: «Bir kun kelib Mbappe bilan Fransiya safida birga ishlashni xayolimga ham keltirmagandim»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 2012-yilda «Real» yoshlar akademiyasida ko‘rikdan o‘tgan Kilian Mbappening iqtidorini qanday payqaganini esladi. Hujumchi Zidanning shaxsiy tavsiyasi bilan Madridga taklif qilingandi.

«Kilian Mbappe 2012-yilda «Real»ga kelganida, 2026-yilda Fransiya milliy jamoasida u bilan birga ishlashimni xayolimga ham keltirmagandim. Ammo men uning salohiyatini ko‘rdim va u ulg‘ayish jarayonida bu salohiyatini namoyon qildi.

Kilianning «Real»da o‘ynayotganini ko‘rishdan hamma xursand bo‘lardi, o‘sha paytda bu amalga oshmadi, ammo keyin tarix qanday rivojlanganini bilamiz»,
— deya Zidandan iqtibos keltiradi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar