«Milan» va Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabio 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi (0:2) kechgan bahsni esladi.
«Menimcha, masala daraja yetishmasligida emas. Bizda u jamoadan kamroq sifat bor, deb o‘ylamayman. Balki taktik jihatdan ular yaxshiroq edi. Ehtimol, ular o‘yinga yaxshiroq tayyorlangandi.
So‘nggi yillarda duch kelgan barcha raqiblar orasida Ispaniya bizga muammo tug‘dirgan yagona jamoa bo‘ldi. Agar biror musobaqada yana ularga qarshi o‘ynashimizga to‘g‘ri kelsa, albatta, g‘alaba kalitini topishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun taktik jihat ustida ishlashimiz zarur.
Bizda iste’dod va individual mahorat bor», — deya Rabioning so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Rabio: «So‘nggi yillarda Fransiyaga muammo tug‘dirgan yagona jamoa — Ispaniya»
Futbol
25 sentabr, 03:43
12
Fransiya yarim himoyachisining fikricha, uning jamoasi daraja borasida raqibdan kam emas.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi