Live
14
O'zbek

Ruis: «Nega «Oltin to‘p»ni yutish haqida orzu qilmasligim kerak?»

Futbol
25 sentabr, 07:08
    30
So‘nggi mavsumda eng ko‘p jamoaviy sovrin yutgan futbolchi individual mukofot uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
Ruis: «Nega «Oltin to‘p»ni yutish haqida orzu qilmasligim kerak?»
Foto: Getty Images

«PSJ» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

— Agar individual yutuqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, oldinda alohida bir sovrin — «Oltin to‘p» bor. Har kimning o‘z dalillari bor, sizda ham shunday, to‘g‘rimi? Chunki siz buni haqiqiy imkoniyat deb hisoblaysiz?

— Nega endi olmasligim kerak? Rostini aytsam, jamoaviy yutuqlarga qarasak, eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi menman. Nazarimda, so‘nggi bir necha yil ichida ularning soni 7 taga yetdi.

Yakunlangan mavsumdan va erishgan natijalarimdan juda mamnunman: «PSJ»da ham, milliy jamoada ham o‘zimni muhim futbolchi sifatida his qilyapman. Futbolchi uchun bu muhim, ayniqsa, men uchun ahamiyatli.

«Oltin to‘p» — ajoyib mukofot, har bir futbolchi uni qo‘lga kiritishni orzu qiladi. Nomim da’vogarlar qatorida tilga olinayotgani va mehnatim e’tirof etilganidan xursandman. Shuning uchun imkon qadar yuqori o‘rinni egallashga harakat qilaman — nega endi g‘oliblik haqida orzu qilmaslik kerak?
— deya Ruisning so‘zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar