Bugun
27
O'zbek

Anri Fransiya milliy jamoasining Zidan boshqaruvidagi kelajagini muhokama qilishdan bosh tortdi

Futbol
24 sentabr, 05:45
Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zinedin Zidan boshqaruvidagi yangi davr haqida fikr bildirishni istamadi.
Anri Fransiya milliy jamoasining Zidan boshqaruvidagi kelajagini muhokama qilishdan bosh tortdi
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal», Turinning «Yuventus» va Kataloniyaning «Barselona» klublarida to‘p tepgan Tyerri Anridan Fransiya milliy jamoasining Zidan qo‘l ostidagi yangi davri haqida fikri so‘raldi.

«Fransiya milliy jamoasi haqida gap ketganda, Zidan boshchiligidagi yangi davr haqida nima deya olasiz?» degan savolga Anri: «Bu mening mavzuyim emas. Unga omad tilayman», — deya javob berdi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.

Zinedin Zidan 2026 yilning yozida Didye Deshamdan so‘ng Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Shu tariqa u ilk bor terma jamoa darajasida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Zidan bungacha faqat klub futbolida ishlagan. Fransiyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi eng katta davri Madridning «Real» klubida o‘tgan. U jamoani 2021 yilda tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Zidan «Real» bosh murabbiyi sifatida Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar