Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 41 yoshida ham milliy jamoada o‘ynashni davom ettirayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kabi milliy jamoada uzoq vaqt o‘ynay oladimi, degan savolga javob berdi.
«Krishtianu Ronaldu Portugaliyada o‘ynaganidek, men ham 41 yoshgacha Fransiya safida o‘ynay olamanmi? To‘g‘risini aytsam, men o‘ynayotgan jamoani hisobga olsak, Fransiya hech qachon 41 yoshgacha o‘ynashimga ruxsat bermaydi (kuladi).
Ammo Krishtianu shuni ko‘rsatmoqdaki, agar sen jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi formada bo‘lsang, bunday yuqori saviyada uzoq vaqt o‘ynay olasan. Menga kelsak, bu ehtimoldan yiroq deb o‘ylayman», - deya Mbappening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali.